2026-yil yakuniga qadar davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi rejalashtirilgan taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi xodimlari uchun akkreditatsiya jarayonlarida ichki baholashni tashkil etish va oʻtkazish tartibi boʻyicha 2026-yil 23-25-iyul kunlari seminar-trening tashkil etilmoqda.Ushbu seminarda CHDPU akademik litseyidan xam mas'ul xodim A.Xodjayev xam qatnashmoqda.
🕘 Test sinovlari 2 smenada tashkil etiladi:
🔹 1-smena – soat 09:00
🔹 2-smena – soat 15:00
📌 Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan hududga kiritish:
🔹 1-smena uchun – soat 07:00 dan;
🔹 2-smena uchun – soat 13:00 dan boshlanadi.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishlari so‘raladi. my.edu.uz platformasidan olishingiz mumkin ruxsatnomani.
Eslatib o‘tamiz, 2026–2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul jarayoni 2026-yil 10-iyul (shu kun ham kiradi)ga qadar davom etadi. Akademik litseylarga my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Talabgorlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
🔹 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar
BIZNING KO'RSATKICHLARIMIZ